Nega ba’zilarning plastik derazalari uzoq yillar muammolarsiz xizmat qiladi0yu, ayrimlarning derazalari o’rnatilganidan bir necha oy o’tiboq ishdan chiqadi? Bunga ko’pincha, noto’g’ri tanlangan material va o’rnatishdagi xatoliklar sabab bo’ladi. IMZO mutaxassislari qanday qilib derazaning sifatini va to’g’ri o’rnatilishini o’sha joining o’zida nazorat qilish haqida aytib beradilar.
Zamonaviy deraza tizimlarini to’g’ri o’rnatish va foydalanish uning 50 – 80yil muammosiz xizmat qilishini kafolatlaydi. Ishni qabul qilib olish vaqtida uning to’g’ri bajarilganini bilish qiyin. Ustalarning xatosi bir necha oylar mobaynida namoyon bo’lishi mumkin. Ko’p hollarda xatoni tuzatish uchun butun derazani qayta o’rnatishga to’g’ri keladi. Bunday yoqimsiz holatlar yuzaga kelmasligi uchun, IMZO derazalarni xarid qilish va o’rnatish vaqtida sifatini tekshirib olishni tavsiya etadi.
IMZO da besh maslahat:
- Hujjatlar bilan tanishib chiqing. Sertifikatlangan mahsulotni xarid qiling va uni o’rnatishni faqatgina kompaniya tomonidan rasman taklif qilingan malakali mutaxassislarga ishoning. Yetkazib beruvchini tanlashdan avval, ishchidan davlat standartiga muvofiq ISO 9001 sertifikatiga asoslangan deklaratsiyani talab qiling. Yorug’lik o’tkazuvchanlik koeffitsientiga, shamolga chidamliligiga, shuningdek, issiqlik va shovqin o’tkazuvchanligiga ahamiyat bering.
- Derazalar namunalarini ko’rib chiqing. Ishlab chiqaruvchining shourumlariga tashrif buyuring va barcha ko’rgazmalar bilan tanishing. Romning tashqi qatlami bir xilda bo’yalgan, ushlab ko’rganda silliq, g’adir-budurlarsiz yoki qayilmagan bo’lishi kerak. Buyurtmadan so’ng ham derazalarni yuqoridagi ko’rsatkichlar bo’yicha tekshiring.
- O’rnatilganligi sifatini tekshiring. O’rnatib bo’lingach, deraza tavaqalarini bir necha marotaba ochib-yopib ko’ring.Hamma tarafdan oyna romga mahkam yopishgan bo’lishi kerak. Agar biror tirqishni ko’rsangiz, demak qirqishda xatolik bo’lgan. Agar derazani ochib yopishda qiyinchilik tug’ilayotgan bo’lsa, demak, ilgichda muammo bor. Darhol ustalardan muammoni hal qilishni so’rang.
- Derazalarni tashqaridan tekshiring. Devor bilan rom orasida 2-3 sm ochiq tirqish qolishi kerak. Keyin u ustachilik penasi yordamida berkitiladi. Montaj penasi hududiy haroratga to’g’ri kelishini tekshiring (mahsulotning qadog’ida ko’rsatiladi). Aks holda u o’z xususiyatini yo’qotadi va derazaning gaz aylanishi buziladi yoki xonada yelvizak vujudga keladi. Ichki tarafdan pena uchun joy qoldirish shart emas. Usta romni devorga mahkamlashi, yoki ichkaridagi devor romga nisbatan qiyshiq bo’lsa, ponadan foydalanishi mumkin.
- Ponalarni, kesakilar va tokchalarni ko’zdan kechiring. Romni va deraza oynalarini itarib ko’ring. Agar qimirlasa, ustadan ponalarni mahkalmashni so’rang. Ponalar to’g’ri o’rnatilgan holda, ular tirqishlarni mahkam berkita oladi. Kesaki va tokchalar tekis, hech qanday qiyshaygan joylarsiz bo’lishi kerak.
Deraza romlarini to’g’ri o’rnatilganligini o’sha zahotiyoq tekshirib olgan ma’qul, shunda usta kamchiliklarni darhol hal etadi. Agar muammolar dastlabki ikki kun ichida yuzaga kelsa ham, ularni bartaraf etish uchun derazani qayta yechishning hojati bo’lmaydi. E’tiborli bo’ling va xaridingizdan zavq oling!