Ko’pchilik deraza o’rnatayotib, uning ko’rinishiga va mustahkamligiga e’tibor qaratadi. Kamdan-kam odamlar uning issiqlik energiyasini saqlash xususiyatiga ahamiyat berishadi. IMZO ekspertlari issiqlik energiyasini saqlovchi derazalar nimadan yasalgani va ular qanday qilib issiqlikni tejashda yordam berishini aytib o’tishdi.
Oddiy derazalar uydagi 40% issiqlikni chiqarib yuboradi. Issiqlik energiyasini saqlovchi derazalar o’rnatilgan uylarda bu holat 10% ga kamroqni tashkil etadi. Bu, faqatgina, uyni isitish yoki sovutishga ketadigan chiqimlarni kamaytirib qolmay, balki tashqi muhitga keltiriladigan zararni ham qisqartiradi.
Bunday derazalarda quyi emissiyali (i - oynalar) oynalardan foydalaniladi. Ichki qatlamiga maxsus kumush kukuni sepiladi,bu tashqaridan yorug’lik kirishini va ichkaridagi issiq yoki sovuq havoni chiqib ketmasligini ta’minlaydi.Shu tarzda ichkaridagi kerakli havo harorati uzoq muddat saqlanib qoladi.
Kumush kukuni tashqaridan keladigan infraqizil nurlarga qarshi vosita hamdir. Shuningdek, quyi emission oynalar uzun to’lqinli nurlanishlardan saqlaydi. Tashqarida havo harorati issiq yoki sovuq bo’lishiga qaramay, oynalar sabab bu xona haroratiga ta’sir qilmaydi. Shuning uchun ham, yozda xona salqin, qishda issiq bo’ladi. I-oynalar boshqa oynalarga nisbatan yanada shaffofroqdir.
Issiqlik saqlovchi derazalar tarkibiga argon inert gazi ham kiradi. Uning zichligi kislorod zichligidan yuqori, shu sababdan bunday derazalar shovqin va sovuqni kamroq o’tkazadi. Shuningdek, argon inson salomatligi uchun mutlaqo xavfsiz va uzoq vaqt shaffofligini yo’qotmaydi.
Issiqlik energiyasini saqlovchi derazalarni o’rnatgan odamlar xonani isitish yoki sovutish uchun boshqalarga qaraganda kamoq xarajat qilishadi. Xonada qulay harorat uzoq vaqt saqlanib qoladi va konditsioner yoki isitkichni yoqib qoldirishga ehtiyoj bo’lmaydi. Havo qurib qolmaydi va bu boshqalar salomatligi uchun foydali. Deraza tanlayotganda, albatta, issiqlik energiyasini saqlovchi xususiyatlariga ahamiyat bering.