Engelberg 76 deraza romlari – mumtoz uslubni, innovatsion yondashuvni va lyuks darajasidagi yechimlarni qadrlaydiganlar uchun eng maqbul tanlovdir. Ushbu profillarning har bir detalida yevropacha sifat va qunt mujassamlangan. Engelberg 76 seriyasi egalari xotirjamlik va qulaylikni yoqtiradigan uylar, qatnov tarafga qaragan bolalar xonasi yoki derazalar uchun ideal darajada mos tushadi.
Eng yaxshisini tanlaydiganlar uchun
Engelberg 76 profillarida oliy sifatli materiallar, oʻziga xos konstruksiya va zamonaviy dizayn mujassamdir. Deraza romlarning yangi lineykasi uyga yorugʻlik, shinamlik va sokinlik bagʻishlab, qulay muhit yaratadi. Ishlab chiqarishning yevropa standartlari sharofati bilan Engelberg 7600 oʻnlab yillar mobaynida uzluksiz ishlab beradi. Sifatiga kafolat beramiz! Bu yechim uyni obod qilishda murosasiz kishilarga moʻljallangan.
“Sokin” deraza asosida
Olti kameradan iborat oʻziga xos konstruksiya koʻchaning shovqinini uyga oʻtkazmaydi hamda xonadonning sirlarini “burni uzun” qoʻshnilardan saqlaydi. Oliy toifadagi shovqindan himoya sizga va oilangizga tinch uyquni, sokin uy va xotirjam hayotni baxsh etadi.
Samarali qo'shoyna
Argon bilan toʻldirilgan 32 millimetrli 2 kamerali qo'shoyna tufayli, Engelberg 76 derazalari katta shovqinni ham muvaffaqiyat bilan yenga oladi. Argon oddiy havoga qaraganda yaxshiroq issiqlik izolyatsiyasi va yopishqoqlikka egadir.
Qo'shoynalarni argon bilan toʻldirish: issiqlik izolyatsiyasi (15-30%) darajasini oshiradi,tovush izolyatsiyasi darajasini oshiradi, energotejamkor boʻlgan qo'shoynalarning xizmat muddatini uzaytiradi.