Beshta kamera va poʻlat kuchaytirgich ishonchli tarzda rom shaklini ushlab turishadi, deformatsiya boʻlmaydi, issiqlikni saqlaydi va koʻchadagi shovqindan himoya qiladi.
Engelberg 70 profillarining seriyasi mehmonxona, ish kabineti, kutubxona va yotoqning juda mos keladi.
Yozgi shabada
Engelberg modeli maxsus ravishda Markaziy Osiyo iqlim sharoitlari uchun ishlab chiqilgan – bu profil energiya tejamkorligining yuqori darajasini taʼminlaydi, bu ayniqsa yozning jazirama kunlarida oʻta muhimdir. Hattoki eng issiq havoda ham Engelberg 70 romlari uyda qulay haroratni yaratishga yordam beradi.
Va iliq qish
Qish mavsumida argon bilan toʻldirilgan qo’shoyna koʻcha va uy oʻrtasidagi issiqlik almashinuviga faol ravishda toʻsqinlik qiladi, i-oynasining maxsus qoplamasi esa issiqlik toʻlqinlarini uyning oʻziga qaytaradi.
Maksimal qulaylikni tanlovchilar uchun
Engelberg 70 profili Markaziy Osiyo iqlimiga va jadal ishlatishga moslashtirilgan. U muhit haroratining katta farqiga, quyosh nurlarining uzoq muddatli taʼsiriga va og'ir yuklarga chidab beradi. Germetik zich konstruksiya issiqlik yoʻqotilishidan muhofaza qiladi, shovqin va namdan izolyatsiyani taʼminlaydi. Maxsus oyna esa xonada har qanday haroratda shinamlik boʻlishi uchun koʻproq nur oʻtkazish qobiliyatiga egadir.